Tesla Model S tezlashish rekordini o‘rnatdi

Fan-texnika 09:36 / 09.02.2017 5680

Tesla Model S P100D avtomobili tezlashish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Motor Trend nashri.

Sinovlar vaqtida yangilangan dasturiy ta'minot Ludicrous+’ga ega avtomobil 0 dan 96,5 km/soat tezlikkacha 2,28 soniyada erisha olgan. Bu Motor Trend tomonidan uyushtirilgan avtomobillar sinovlari tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi. Bungacha bunday tezlanishga 2,23 soniyadan kamroqqa hali erishilmagan.

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask tvitterda avtomobilning yangi dasturiy ta'minoti haqida gapirib, avtomobil bunday tezlikka 2,34 soniyada erisha olishini aytgandi. 

Nashrning ta'kidlashicha, Tesla Model S P100D’ning ko‘rsatgan natijasi u elektromobil bo‘lgani uchun hayratlantirsada, u bu borada Ferrari LaFerrari, Porche 918 va McLaren P1 superkarlaridan ortda qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: