Bolalar uchun qimmatbaho elektromobillar sotuvga chiqarildi

Fan-texnika 18:27 / 09.02.2017 8036

Buyuk Britaniyaning qo‘lda teriladigan sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi Morgan kompaniyasi ekologik va zamonaviy transport vositalarining yosh muxlislarini xursand qilishga qaror qildi. Shu maqsadda, bolalar uchun bir o‘rindiqli ajoyib retro-elektrokar EV3 Junior ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ushbu bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoq o‘tgan asrning 30-40-yillariga tegishli haqiqiy bolidlarni yodga soladi. 3 g‘ildirakda harakatlanuvchi elektrokar quchli batareya bilan jihozlangan, uning korpusi uglerod tolasidan ishlangan. Avtomobil saloni xromlangan jihozlarga ega hamda tabiiy yog‘och bilan ishlov berilgan. Har bir mijoz uchun maxsus tayyorlanuvchi haydovchi o‘rindig‘i tabiiy charm bilan qoplangan. U soatiga 16 km. tezlikda harakatlana oladi. 

Har bir shunday avtomobil buyurtma asosida ishlab chiqiladi va 10 000 dollar turadigan narxidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 8-10 yoshdagi hamma haydovchi ham buni xarid qila olmaydi. Ammo elektrokarning texnik tavsiflari e'tiborga olinsa, bunday yuqori narx o‘zini oqlaydi, deyish mumkin. Ishlab chiqaruvchining saytida unga buyurtma qabul qilish boshlangan. 

Ta'kidlash kerak, katta yoshlilarga qaraganda, bolalarda Tesla elektromobilining raqobatchisi paydo bo‘ldi. Ma'lumki, bolalar o‘yinchog‘ini ishlab chiqaruvchi Radio Fler litsenziya asosida bolalar uchun Tesla elektrokarlarini ishlab chiqqan edi. Ilon Mask mitta nusxadan ko‘ngli to‘lgan va uni Twitter sahifasida reklama ham qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: