2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari mash'alasi namoyish etildi

Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida 2018 yilda o‘tkaziladigan qishki o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi Olimpiya mash'alasini namoyish etdi.
Mash'ala taqdimoti musobaqalar boshlanishiga bir yil qolganda o‘tkazildi. U Janubiy Koreya oq chinnisidan darak beruvchi oq rangda tayyorlangan. Mash'ala uzunligi 700 mm bo‘lib, bu Pxenchxanning dengiz sathidan balandligi haqida hikoya qiladi (700 metr). Dizayn janubiy koreyalik rassom Kim Yer Se tomonidan ishlab chiqilgan, uni Seulda 1988 yilda o‘tkazilgan O‘yinlar mash'alasi bilan shug‘ullangan kompaniya ishlab chiqdi. Bu haqda musobaqalar rasmiy saytida xabar berildi.
Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025