O‘zbekiston Prezidenti: “Nima uchun odamlar kasalxonalarda hamma narsaga pul to‘lashadi?”

O‘zbekiston 09:48 / 08.02.2017 66842

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas'uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtaldi. 

“O‘tgan yili kasal chaqaloqlar tug‘ilish foizi shunchaga kamaydi...Qanday foiz Galina Karimovna? Men Ichki ishlar vazirligi rahbarini nimaga o‘zgartirdim. Bizda bunday holatlar kuzatilmasligi uchun. Ya'ni, jinoyatchilikni keskin ravishda kamayishi. Buning uchun nima kerak? Profilaktika. Nimani? Huquqbuzarlikni. Tibbiyot nima bilan farq qiladi? Xuddi shu. Odamlar kechasi qachon tinch uxlaydilar? Qachonki, uchastka inspektori ko‘chada yurganini ko‘rishsa. Oilaviy poliklinikalar ochiq – borib qon topshiradi. Denovdan qon topshirish uchun esa u Termizga boradi. Termizda qon topshiradi! U kelsa, hamma yer yopiq: Soat o‘ndan keyin yopildi! U yana qaytib ketishga majbur. 100 kilometr. Nima uchun u xususiy sektorga boradi? Chunki u yerda uni qabul qilishadi. U yerda hamma narsaga pul to‘laydi. Biz qayerga qarab ketmoqdamiz? Virtual qabulxona yaratdik, deymiz. Nima uchun odamlar kasalxonalarda navbatlarda turibdi, nima uchun hamma narsaga pul to‘lashadi? Hamma narsaga – joyga, ukolga, dori-darmon, “xushmuomala”ga pul to‘lashadi Adham Ilhomovich.

Sobiq rahbarlar yo‘q joyda yangi ToshMI qurishdi. Oldingi rahbarlardan yangi ToshMIlar qolgan. Hozirgilardan nima qoldi 20 yilda? Kechirasizlar-ku, faqat g‘o‘ddayish. Nima uchun men bu so‘zlarni aytmoqdaman. Bir-birini himoya qilishni bas qilish kerak. Alimov Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lganda, biz vazirlikni butunlay o‘ldirdik. Bu mening ham aybim. Adham Ilhomovich yosh, sadoqatli kadrlarni ishga olish lozim”, degan O‘zbekiston Prezidenti.

Ko‘proq yangiliklar: