Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi internet tarmog‘ida qotillikka buyurtma berish imkoni bo‘lgan saytni aniqlagan. Shundan so‘ng, sud mahkamasi ushbu ma'lumot tarqatilishini taqiqladi, deb xabar qilmoqda mintaqa prokuraturasi matbuot xizmati.
Ma'muriyatning sayt nomini oshkor etmagan holda ma'lum qilishicha, saytda Rossiya jinoyat kodeksining qotillik moddasi ta'siriga kiruvchi harakatlar reklama qilingan. Bunda istalgan kishi ro‘yxatdan o‘tmasdanoq saytga kirish va uning mazmunidan tanishish imkoniga ega bo‘lgan.
"Krasnoyarsk shahar prokurori so‘roviga muvofiq, internet tarmog‘ida joylashtirilgan va qotillikka buyurtma berish imkonini bergan ma'lumot sud tomonidan Rossiya hududida tarqatish taqiqlangan axborot sifatida tan olingan", — deyiladi xabarda.
Prokuraturada qayd etishlaricha, bu kabi axborotlar nafaqat ma'lum bir shaxslar huquqlarini, balki Rossiya Federatsiyasi huquqiy me'yorlarini ham qo‘pol ravishda buzadi.