Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan Jannarelly Automotive kompaniyasi yopiluvchi tomga ega bo‘lgan Design-1 spayderining yangi modifikatsiyasi suratini taqdim etdi. U noodatiy tarzda tayyorlangan – samolyotdagi kabinaning shaffof qismidagi chiroqqa o‘xshash. Tom butunlay olib tashlanishi ham mumkin.
Jannarelly firmasi sportkarni o‘tgan yilning yozida taqdim etdi. Mashina 304-kuchli olti silindrli «Nissan»dan 3.5 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Modelning ochiq nusxasi to‘rt soniyada “yuzga” chiqadi. Maksimal tezlik esa – soatiga 220 kilometr.
Jannarelly Design-1’ning birinchi partiyasi 30 mashinalik nusxada chiqarildi. Spayder qiymati 55 ming dollarga teng.