Uchar avtomobillar haqiqatga aylanishi kutilmoqda

Fan-texnika 14:37 / 07.02.2017 12260

Uber Technologies Inc. kompaniyasi NASA'ning sobiq muhandisi Mark Murni ishga yolladi - u Uber Elevate "uchar avtomobillari"ni ishlab chiqish bo‘yicha loyihani boshqaradi. Bloomberg shu haqida xabar berdi. 

Kompaniyaning vertikal parvoz va qo‘nish texnologiyali transport yaratish rejalari haqida 2016 yilning kuz mavsumida ma'lum qilingandi. Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, ushbu "uchar avtomobillar" 50-100 mil (80,5-161 kilometr) masofani bosib o‘ta oladi. Bunday transport vositalari zaryad stansiyalari bilan jihozlangan maxsus platformalarga asoslanishi kutilmoqda. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish borasida bir qator to‘siqlar mavjud. Texnik muammolar yechimidan tashqari, kompaniya hamkorlar bilan narxlarni pasaytirishga kelishib olishi hamda havo harakatidagi cheklovlar borasida imtiyozlarga erishishi lozim. 

Kosmik agentlikda 30 yil faoliyat yuritgan Mur o‘zining VTOL-transportning ustunliklarini ta'riflovchi tahliliy ma'ruzasi bilan mashhur. 2010 yilda chop etilgan aynan shu tadqiqot Google asoschisi Larri Peyjni 100 million dollardan ziyod mablag‘ni maxfiy ravishda "uchar avtomobillar" ishlab chiqaruvchilari - Zee Aero va Kitty Hawk startaplariga investitsiya qilishga turtki bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: