Citroen o‘zining kichik yo‘ltanlamasini ishlab chiqish niyatida

Fan-texnika 17:44 / 07.02.2017 5713

Citroen kompaniyasi C-Aircross ixcham krossoverini taqdim etdi. Unda eshiklar turli tomonlarga ochiladi. Nissan Juke’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan yo‘ltanlamas premerasi Jyenevada mart oyidagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.

Mashinaning uzunligi 4,15 metr, kengligi – 1,74 metr, balandligi esa – 1,63 metrni tashkil etadi. Avtomobil orqa ko‘rinish ko‘zgulari o‘rniga kameralar va salon ko‘zgusi ortida videoqayd etish uskunasi bilan jihozlangan. U haydovchi buyrug‘iga ko‘ra suratlarni olishi va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi mumkin.

Salon rul chambaragi orqasida chiquvchi oynali displey o‘rnatilgan bo‘lsa, markaziy konsolda – 12 dyuymli multimediya tizimi ekraniga ega. U 3D-xaritalarga ega navigatsiya tizimi va internetga kirishi mumkin.

Bundan tashqari, orqa va old bosh qo‘yish joylarida maxsus dinamiklar hamda mikrofonlar o‘rnatildi, ular salonda ajoyib tovushni taqdim etadi. “Sitroyen”da aytishlaricha, bu yo‘lovchilarga bir-birlari bilan suhbatlashish yoki bir-birlariga halal bermagan holda o‘z ishlari bilan shug‘ullanish imkonini beradi.

C-Aircross’da Grip Control tizimi o‘rnatilgan. U barqarorlashtirish tizimi algoritmlarini yaxshilaydi.

Taxminlarga ko‘ra, bu avtomobil joriy yilning oxiridayoq seriyali ishlab chiqarilishi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: