Xitoyning WPG kompaniyasi yangi avlod pauerbanki uchun pul vositalari yig‘ish bo‘yicha kampaniyani yo‘lga qo‘ydi. Inqilobiy akkumulyatorni ishlab chiqarish uchun pullar JD.com maydonida to‘plandi. Mablag‘ kampaniya muddati tugashidan ancha oldin yig‘ib bo‘lingan. Ni-tech shu haqida xabar berdi.
Yangi akkumulyator sig‘imi - 5 000 mAs. Uni to‘liq zaryadlash uchun atigi 10 daqiqa kerak bo‘ladi - bu bunday sig‘imdagi tijorat pauerbanklari uchun rekorddir.
Grafen akkumulyatorning zaryad vaqtidagi harorati litiy analoglardan ancha past.
Boshqa qurilmalarni zaryadlash tezligi tanlangan parametrlarga bog‘liq. 5V/3A, 9V/2A, 12V/1,5A rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi, maksimal chiqish quvvati - 18 Vt.
Bundan tashqari, WPG kompaniyasi 1000 mAs'li ixcham akkumulyator ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Loyihani amalga oshirish uchun 100 ming yuan kerak bo‘lgan. Maqola taqdim etilgunga qadar 233 ming yuan yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan, summa ko‘payib bormoqda. Yig‘imlar 18 fevral kuni yakunlanadi.
Hozircha pauerbanklarning narxi haqida ma'lumot yo‘q. Biroq ularning kumushrang, tillarang va tim qora rangli korpuslarda taklif etilishi ma'lum.