Amerikaning Facebook ijtimoiy tarmog‘i Fransiyaning 8ta mediakompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgani haqida e'lon qildi. Bundan maqsad, Beshinchi respublikadagi prezidentlik saylovlari arafasida soxta xabarlarni saralashdir, deb yozadi The Verge.
Bu kampaniyani o‘tgan yili AQSh va Germaniyada joriy qilingan ishonchsiz ma'lumotni saralash jarayoniga qiyoslash mumkin. Foydalanuvchilar soxta xabar deb o‘ylagan yangiliklarni belgilashlari bilan yakuniy qaror chiqarish bo‘yicha ekspertizaga yuboriladi. Xabarning soxtaligi tasdiqlansa, unga maxsus tamg‘a qo‘yiladi, yangiliklar tasmasini o‘qiyotganlar uni ko‘ra oladi.