Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Solaris sedanini namoyish qildi. Model biroz kattalashgan, tashqi va ichki tomondan yangi dizayn hamda yangi modernizatsiyalashgan dvigatellar olgan.
"Solyaris" avvalgi variantiga qaraganda uch santimetrga uzunroq va kengroq bo‘lgan (mos ravishda 4405 va 1729 mm). G‘ildiraklari bazasi o‘lchami esa 2600 mm ga yetadi. Shuningdek, g‘ildiraklarning shinasi qalinligi ham oshirilgan, yukxona hajmi esa 470 litrdan 480 litrgacha yetkazilgan.
Boshqa o‘zgarishlar orasida o‘zgacha 1,4 litr hajmli dvigatel bor. Bu dvigatelning quvvati avvalgi 107 ot kuchidan 99,7 ot kuchigacha kamaytirilgan.
1,6 litrli motorning quvvati avvalgidek 123 ot kuchi qilib qoldirilgan.
Barcha dvigatellar olti pog‘onali mexanik yoki avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlashi mumkin. Keyinroq mashinaning 2 litrli dvigatelli versiyasi ham chiqariladi.
"Solyaris" 4 ta variantdagi jihozlanish bilan taqdim qilinadi: Active, Active Plus, Comfort va Elegance. Standart jihozlanishga old xavfsizlik yostiqchalari, old elektr oynako‘targichlar, barqarorlashtirish tizimi, shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi kiradi.
Mashinaning "Plus" versiyasida oynalar elektroprivodi, USB-portalli audiotizim, old o‘rindiqlar isitgichi, "Komfort" versiyasida esa charm bilan qoplangan rul chambari, konditsioner, orqa elektr oynako‘targichlar va tumanga qarshi faralar bo‘ladi.
Mashinaning eng qimmatbaho varianti parktronik, yorug‘lik datchigi, iqlim-nazorati, navigatsiya, linzali va tumanga qarshi faralar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, qo‘shimcha haq evaziga old oyna va orqa o‘rindiqlar isitgichlari, kalitsiz ochish imkoniyati va orqa ko‘rinish kamerasiga ega bo‘lish mumkin.
Yangi Solaris’ning narxi hali ma'lum qilinmagan.