AQShning internet savdoga ixtisoslashgan Amazon kompaniyasi 2016 yilda 15 ming robotni joriy qilgan. Bunda xodimlarning hech biri qisqartirilmagan, deya ta'kidlagan Quartz portali o‘z tadqiqoti natijasiga ko‘ra.
Hozirda, Amazon kompaniyasida ishlaydigan robotlarning umumiy soni 45 ming donaga yetgan. 2016 yilda bu borada katta sakrash amalga oshirilgan va robotlar soni 50 foizga ortgan. Bunda sun'iy aql insonlar o‘rnini bosa olmagani qayd etilgan. Statistika ma'lumotlariga binoan, o‘tgan yili xodimlar soni ham ikki martaga o‘sgan.