Sirdaryo viloyatida Mirzaobod tumani hokimi almashdi
4 fevral kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Baratboyev Abdurasul Saidmuratovich vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevning tuman hokimi vazifasiga Mirzaqulov Botir Qozoqboyevich nomzodini tayinlash to‘g‘risidagi taklifini muhokama etishdi. Yakunda ushbu nomzod Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

19:47 / 27.02.2025
Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi

15:39 / 24.02.2025