Tata kompaniyasi ixcham o‘rta motorli sportkar ishlab chiqdi. U Tamo nomli yangi subbrend ostida taqdim etiladi. Modelning seriyadan avvalgi varianti Jyenevada mart oyida o‘tkaziladigan avtosalonda namoyish etiladi.
Autocar nashrining xabar berishicha, yangilik kompaniya ichida Futuro deb atalmoqda. Sportkar dizayni Opel Speedster yo‘nalishida tayyorlanadi.
Kutilishicha, Tamo Futuro 1,2 litrli 180 ot kuchiga ega turbomotor bilan jihozlanadi. Model asosida plastik va alyuminiydan tayyorlangan platforma bo‘ladi. Tata Motors karbon va boshqa qimmat materiallardan iqtisodiyot jihatidan voz kechdi. Taxminlarga ko‘ra, Futuro taxminan 800 kilogramm keladi.
Hindiston avtomobil ishlab chiqaruvchisiga ko‘ra, Futuro bir yilda 250 avtomobil nusxada chiqariladi. Model qiymati taxminan 2 million 500 ming rupiy yoki 37 ming AQSh dollari bo‘lishi kutilmoqda.
Tamo Futuro’ning seriyali nusxasi sotuvi 2018 yil o‘rtalaridan boshlanishi rejalashtirilgan.
Tata’da ta'kidlashlaricha, Tamo subbrendi butun dunyo bo‘ylab yangi texnologiyalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan startaplar va kompaniyalar bilan hamkorlik uchun foydalaniladi. Tata Motors’ning xabar berishicha, birinchi Tamo mashinasi «katta investitsiya talab etmaydigan va kichik hajmlarda ishlab chiqariluvchi» model bo‘ladi.