Samsung kompaniyasi jurnalistlarga o‘zining yangi qurilmasi taqdimotiga taklifnomalar jo‘natdi. U Barselonada 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Mobile World Congress'da namoyish etilishi mumkin. Aftidan, Janubiy Koreya kompaniyasi yangi Galaxy Tab S3 planshetini taqdim etadi, deb yozadi CNET.
Sizib chiqqan ma'lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma ikki xilda chiqariladi - SIM-kartani LTE-tarmoqlariga ulash imkoni bilan hamda bunday qulaylik bo‘lmaydigan qurilma.
Uning displeyi 9,6 dyuymli diagonalga ega bo‘lib, kengligi 2048x1536 nuqtani tashkil etadi. Qurilma 12 Mp.lik kamera bilan jihozlanadi.