Apple 2017 moliyaviy yil birinchi choragining moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi. Korporatsiya tomonidan chop etilgan hisobotga ko‘ra, chorak daromadi 78,4 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu esa 2016 yilning xuddi shu davridagidan 3,3 barobar ko‘pdir.
"Olma" ishlab chiqaruvchisi iPhone sotuvlari o‘sishini qayd etdi. Shunday qilib, kompaniya tahlilchilar taxmin qilgan 76,3 million dona qurilma emas, 78,3 million iPhone sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ko‘rsatkich bir yilda 5 foizga oshgan.
Manbada ta'kidlanishicha, Apple so‘nggi taqvimiy yilda birinchi marta chorak daromadlarining o‘sishi haqida e'lon qilgan.