«Lester» hujumchisi murabbiyga qarshi bosh ko‘tardi

Fan-texnika 08:58 / 31.01.2017 7026

Angliyaning amaldagi chempioni «Lester» yana bir muammoga duch keldi. Jamoaning argentinalik hujumchisi Leonardo Uloa «tulkilar» jamoasi uchun ortiq maydonga tushishni istamayotgani haqida aytib, jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri unga sotqinlik qilgani haqida qo‘shimcha qildi.

«Men shuni his qilmoqdamanki, Raneri meni sotdi. Klub meni shunchaki tashlab qo‘ydi. Men endi bu jamoada o‘ynashni istamayapman», — deya Uloaning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Bundan oldingi xabarlarda Raneri Uloaning klubdan ketishiga to‘siq qo‘ygani va uning agenti murabbiyni va'dasida turmaydigan yolg‘onchi deb atagani aytilgandi.

APLning joriy mavsumida ushbu argentinalik futbolchi 12 uchrashuvda (faqat bittasida boshlang‘ich tarkibda) maydonga tushdi va bir gol urdi.

Bundan oldinroq, «Lester» Leonardo Uloani «Sanderlend»ga 7 million funtga sotishni istamagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: