Ilon Mask SpaceX ofisi yonida yer osti tunneli qazishni boshladi

Fan-texnika 18:54 / 31.01.2017 4944

SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask Los-Anjyelesdagi o‘z ofisi yonida yer osti tunnelini qurish bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda Wired yozmoqda.

O‘tgan dam olish kunlari ishchilar SpaceX yonida tajriba sifatida kengligi 30 fut, uzunligi esa 50 fut bo‘lgan tunnelni qazishdi. Uning chuqurligi 15 futga teng bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Maskka o‘z kompaniyalari hududida ishlarni olib borishi uchun hukumat ruxsati shart emas. Hozircha, tunnel aynan qayerga olib borishi noma'lum: Tesla ofisigami yoki aeroportga.

Avvalroq Ilon Mask Los-Anjyeles tagida tunnel qazishi haqida xabarlar tarqagandi. U shu yo‘l bilan tirbandlikka qarshi kurashmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: