Qozog‘iston chegarachilari oshqozonida marixuana bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi

Jamiyat 18:45 / 30.01.2017 17265

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston chegarasidan oshqozonida “marixuana” moddasini olib o‘tishga harakat qildi, deb xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi davlat xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati.

Jinoyatchi qozoq-o‘zbek chegarasida qo‘lga tushgan. Sariog‘och chegara otryadi xodimlari “Jibek joli avto” o‘tkazish punktidagi yo‘lovchi terminali zalida 30 yoshli erkakni qo‘lga olishgan. Bu xizmat iti yordamida amalga oshirilgan.

Qo‘lga olingan shaxs so‘roq davomida oshqozonida polietilen o‘ramda bo‘lgan marixuana borligini tan oldi. Ular hajmi bir santimetr bo‘lgan oltita kichik sharchadan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: