Xorazm avtomobil zavodida takomillashgan Chevrolet Labo ishlab chiqariladi

Fan-texnika 14:45 / 29.01.2017 25750

2017 yil sentabr oyidan O‘zbekistonning Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida Chevrolet Labo avtomobilining takomillashtirilgan modelini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi. 

Bu haqda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan Urganch shahrida o‘tkazgan uchrashuvida ma'lum qildi. Biroq, Davlat rahbari mazkur loyihaning tafsilotlarini oshkor qilmadi. 

Ma'lumki, GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2015 yil 27 iyulidan «Xorazm Avto» korxonasida Chevrolet Labo avtomobillarini seriyali ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ygan edi. 550 kggacha yuk ko‘tara oladigan mini-yuk mashinasini ishlab chiqish O‘zbekistonning 2015 yilga mo‘jallangan Investitsiya dasturi doirasida o‘zlashtirilgan edi. Loyihaning umumiy qiymati 5,9 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Zavodda yiliga 5 ming dona Labo ishlab chiqarilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: