Avvallari smartfonlar bir-biridan katta farq qilar edi. Hozirda esa, ularning barchasi juda ham o‘xshash bo‘lib bormoqda. Dizaynerlar Filipp Stark va Jyerom Olive mutlaqo g‘aroyib Alo kelajak smartfonining kontseptini taqdim etishdi — u biz odatlanib qolgan "plitka" ko‘rinishidagi telefonlardan butunlay farq qiladi.
Alo – futuristik materiallardan tayyorlangan o‘ziga xos «ajdaho tishi». Tasvirni u havodan oladi, shunday ekan an'anaviy rangli ekransiz ishlaydi. Kelajak smartfoni ovoz orqali boshqariladi va yuzni aniqlay oladi.
Alo korpusi elastik bo‘lib, yarim shaffof materialdan tayyorlangan. Elektron qismlar alyuminiyli yadro ichida joylashgan. Smartfonning an'anaviy tugmalari yo‘q. Matnni yozishga hojat yo‘q – shunchaki og‘izda aytib turish kifoya.
Alo uch o‘lchamli gologrammalarni yarata oladi – bu video yoki boshqa grafikalarni tomosha qilishning yangicha usuli. Foydalanuvchilar bilan muloqot (feedback) tebranish va harorat o‘zgarishi yordamida amalga oshadi. Aytgandek, smartfonga mexanik ziyon ko‘rish xavf solmaydi – yuza qismi zararlanishdan so‘ng o‘z asl holiga qaytuvchi materialdan yaratiladi.
Stark kontseptni seriyali ishlab chiqarishga topshirishni maqsad qilgan.