Audi’ning ikkita modeli eng yaxshi deb topildi

Fan-texnika 08:55 / 29.01.2017 7400

Audi brendining eng "kichik" modeli Audi A1 Auto motor und sport jurnali tomonidan jurnalxonlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra "Kichik avtomobil" toifasida, Audi A3 esa "Ixcham avtomobil" toifasida eng yaxshi deb topildi. Mukofotlarni topshirish marosimi Shtutgartda bo‘lib o‘tdi.   

"Eng yaxshi avtomobil – 2017" tanlovidagi ikkita g‘alaba yangi yilda bizni olg‘a intiltiruvchi kuch bilan quvvatlantirdi. Ushbu muvaffaqiyat avtomobillarimiz hamon hayrat uyg‘otishini ko‘rsatmoqda. Bu bizga kelajakdagi yo‘limizda ishonch beradi", deb g‘alabalarga izoh berdi Audi AG boshqaruv raisi Rupert Shtadler.

"Audi A1 va Audi A3 modellari Audi’ning ixcham shakldagi modellarida bo‘lgan barcha yaxshi narsani taklif qiladi. Muvaffaqiyatning bu retsepti bilan ikki model yuqori savdo hajmlarini ko‘rsatmoqda", deb qo‘shimcha qildi Audi AG boshqaruvi a'zosi Diter Voggenreyter.

Joriy yilda jurnal tanlovni 41-marotaba o‘tkazmoqda, jurnalxonlar 11 toifa bo‘yicha 378 ta modeldan eng yaxshilarini tanladilar. A1 va A3 modellaridan tashqari, Audi’ning  Q7 modeli ham yaxshi natija ko‘rsatdi, u "Katta yo‘ltanlamas" toifasida 2-o‘ringa loyiq deb topildi. 

Ko‘proq yangiliklar: