Yaponiyada iPhone’ni ustaraga aylantiruvchi aksessuar yaratildi

Fan-texnika 20:27 / 29.01.2017 7621

Yaponiyaning Akiba kompaniyasi Apple smartfonlarini ustaraga (britva) aylantiruvchi ixcham aksessuar ishlab chiqardi. Ushbu aksessuarning narxi oddiy ustaralarnikidan arzonroq.

Qurilmaga lezviyalarni tozalash uchun chyotka va yo‘riqnoma taklif qilinadi. Yangi qurilma Xitoyda sotilmoqda, biroq yaqinda internetda paydo bo‘lishi mumkin. Biroq gadjyet oddiy ustara o‘rnini bosadi deb qabul qilish yaramaydi. Bu aksessuar tashqi ko‘rinishni eng tig‘iz paytlarda risoladagidek ko‘rinishga keltirish uchun mo‘ljallangan. Xitoyda me'yoridan ziyod ko‘p ishlash asosiy muammolardan biriga aylangani sabab ushbu qurilma vaqti tig‘iz ishchilarga ayniqsa qo‘l keladi.

Ko‘proq yangiliklar: