Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yozadi

Xitoydagi Syao Nan ismli robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yoza oladi. U Janubiy Xitoyning Guandun viloyatidagi "Nanfan dushibao" gazetasida "ishlaydi". Sun'iy ong elementlari bo‘lgan elektron qurilma yaratuvchilari so‘zlariga ko‘ra, u kichik bo‘lgan izohlar, shuningdek katta muharrirlik maqolalarini ham tayyorlashi mumkin.
"U oddiy muxbirlarga qaraganda, kirib keluvchi ma'lumotlarni samarali qayta ishlashda ko‘p foyda keltiradi. Uning asosiy xususiyati – tez maqola yozishi", - deya Pekin universiteti robototexnika sohasi mutaxassisi Van Syaotszyunning so‘zlarini keltiradi "Chjungo jibao" gazetasi.
Syao Nan o‘zining birinchi maqolasini Xitoy taqvimi bo‘yicha yangi yilga bag‘ishladi. U 27 yanvar kuni nishonlanadi. Maqola mavzusi – ommaviy bayram tadbirlari vaqtida jamoat transportining yuklamasi. Millionlab kishilar bu vaqt mobaynida ko‘plab safarlarga chiqadi hamda bu temir yo‘l, avtobus, dengiz va aviatransportdagi katta yuklamalarga olib keladi, deb yozgan robot.
Biroq robot-jurnalistda kamchiliklar ham bor. Van Syaotszyunning so‘zlariga ko‘ra, qurilma "hozircha muloqot qila olmaydi" – ya'ni, Syao Nan berilgan savollarga javob berib, ma'lum bir fikrni mustaqil ravishda bildirmaydi. Ammo ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, robot "gazetalar va boshqa OAV faoliyatini muharrirlar hamda muxbirlarga yordam berish orqali sezilarli darajada yaxshilashi aniq".
Xitoyda keyingi vaqtlarda ko‘plab yangi robotlar yaratilmoqda. Ulardan o‘yinlar, keksa va kasal insonlarga qarash, ekskursiyalar o‘tkazish va ma'lumotnomalar taqdim etishda, ayniqsa, samarali foydalanilmoqda. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ular kelajakda tibbiyot sohasida ham naf keltirishlari mumkin ekan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

10:19
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025