23 yillik umuman yo‘l yurmagan Cadillac topildi

Fan-texnika 14:21 / 27.01.2017 21583

General Motors avtomobil konsernining Kanadadagi Barri shahrida joylashgan dilerlaridan birida 1993 yilda ishlab chiqarilgan hamda umuman yo‘l yurmagan Cadillac Allante rodsterini topishdi. Yangi mashina taxminan 59,5 ming AQSh dollariga sotilmoqda, deb yozadi Autotrader sayti.

Italiyaning Pininfarina atelesi (u kuzovni ham yaratgan) tomonidan ishlab chiqilgan Allante modeli 1986 yilda taqdim etilgan. U oldi uzatmali Eldorado’ning qisqartirilgan platfomasida qurilgan. Rodsterning avvalgi nusxalari 170 kuchli 4,1 litrlik hajmga ega “sakkiztalik” bilan jihozlangan.

Shundan so‘ng uning o‘rniga 200 kuchli 4.2 agregati kelgan bo‘lsa, 1993 yilda 4,6 litrli V8 dvigateliga ega hamda 295 ot kuchilik mashina paydo bo‘ldi. Barcha motorlar to‘rt pog‘onali “avtomatlar” bilan juftlikda ishlagan.

Suratdan ko‘rish mumkin-ki, sotuvga alyuminiyli tomi olinuvchi variant qo‘yilgan. Shuningdek, model oilasida yengil joylashuvchi tomga ega nusxa ham bo‘lgan. Modelning alohida xususiyatlari – butunlay elektrlashtirilgan qurilmalar paneli, shuningdek boshqariluvchi amortizatorlarga ega ilgaklardan iborat.

Model 1993 yilda ishlab chiqarishdan olingan bo‘lib, taxminan 21 mingta Cadillac Allante taqdim etilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: