Xiaomi sobiq vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik bilan shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 18:11 / 26.01.2017 3945

Mark Tsukerberg Xiaomi kompaniyasi sobiq vitse-prezidenti Xyugo Barra Oculus’ni boshqarishi hamda virtual reallik (VR)ni rivojlantirish bilan shug‘ullanishini rasman ma'lum qildi. Bu haqda Mashable xabar berdi.

Barraning Xiaomi’dan ketishi haqidagi xabarlar o‘tgan haftada paydo bo‘lgandi. U bu ma'lumotni tasdiqladi hamda Xitoyni tark etib, Kremniy vodiysiga ko‘chib o‘tishini aytib o‘tdi. Endilikda u Facebook kompaniyasining Oculus va boshqa VR-loyihalari bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Facebook yangi ijtimoiy tarmoqni virtual reallikda sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: