Daimler avtokonsernining Zindelfingendagi zavodida ishlovchi xodimi 1992 yilda ishlab chiqarilgan Ye-Class Mersedes’da million kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. Die Welt nashrining xabar berishicha, W124 sedani aslida Mixael Nikl tomonidan keyinchalik sotib yuborish uchun xarid qilingan. Nikl 25 yil davomida avtomobilga egalik qilish qiymatini hisoblab chiqdi.
Germaniyalik oddiy nusxadagi mashinani sotib olgan – 75 kuchli dizel dvigatel, yoqilg‘ining o‘rtacha sarfi o‘tgan vaqt davomida har 100 kilometrga taxminan olti litrni tashkil qilgan. U qo‘shimcha uskunalar sifatida elektrlashtirilgan lyuk, oldingi o‘rindiqda tirsaklar qo‘yishga mo‘ljallangan qism, markaziy qulf va radio buyurtma qildi.
O‘sha vaqt Daimler’da ishlagan Nikl avtomobilni xodimlarga mo‘ljallangan maxsus chegirma bilan xarid qilgan hamda bir yildan so‘ng ancha qimmatroqqa sotishni rejalashtirgan. Biroq bu vaqt davomida bozorda dizelli mashinalarga bo‘lgan talab tushib ketdi, sababi o‘sha payt “og‘ir” yonilg‘ining qattiq zarralari va ular onkologik kasalliklarni chaqirishi haqidagi xabarlar keng tarqalgandi. Nikl Ye-Class’ni o‘ziga qoldirdi.
55 yoshli sedan egasining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida faqatgina ulovchi mexanizm (u 445 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tgach, 2003 yilda buzilib qolgan), to‘xtatish tizimi qismlari, generator va sovutish tizimi nasosini almashtirgan.
Bundan tashqari, W124 bir bor halokatga ham uchragan, shundan so‘ng Nikl faralar, kapot va radiator panjarasi ham yangilangan. Shu bilan bir qatorda, unga yangi bamper ham o‘rnatilgan.
Germaniyalikning hisob-kitoblariga ko‘ra, u avtomobilga xizmat ko‘rsatish uchun taxminan 58,5 ming yevro va yoqilg‘i uchun deyarli 54 ming yevro sarflagan.