To‘liq avtonom Tesla avtomobili qachon paydo bo‘lishiga aniqlik kiritildi

Fan-texnika 21:54 / 25.01.2017 7166

AQShning Tesla Motors kompaniyasi o‘zining to‘liq o‘zi boshqariluvchi avtomobilini yarim yil ichida taqdim qilmoqchi, deb xabar bermoqda Forbes.  

Kompaniya rahbari Ilon Mask tvitterda avtonom haydash funksiyasi bilan xavfsizlik ancha oshishi kerakligini yozdi.

Uning aytishicha, Tesla to‘liq o‘zi boshqariluvchi avtomobilni "ehtimol 3 oydan keyin", biroq "aniq 6 oy ichida" taqdim qiladi.

Biroq Mask to‘liq o‘zi boshqariluvchi avtomobil ostida nima nazarda tutilishiga aniqlik kiritmagan va joriy avtopilot tizimiga nechta o‘zgarish kiritilishi zarurligini aytmagan.

Avtonom avtomobillar hamjamiyati avtonomlikning 6 ta – 0 dan 5 gacha darajasini o‘rnatgan.

Maksimal 5-daraja agar avtomobil yo‘ldagi istalgan vaziyatda odam ishtirokisiz yura olsa beriladi. 4-daraja deyarli avtonom holatda, biroq ba'zi istisnolar bilan yuradigan avtomobillarga beriladi.

Forbes nashrining ta'kidlashicha, Tesla’ning bo‘lg‘usi mashinalari avtonomlikning 4-darajasiga mos kelishi mumkin. Maskning o‘zi bu bo‘yicha hech qanday izoh bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: