Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi o‘tgan yilning 4-choragida 7,93 milliard AQSh dollari miqdorida operatsion daromad oldi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 50,11 foizga ko‘proq, deyiladi korporatsiya tomonidan tarqatilgan xabarda.
Undagi ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning oktabr-dekabr oylarida savdolar hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 0,03 foizga oshgan hamda 46,4 milliard dollarni tashkil qilgan. Xabar qilinishicha, Samsung Electronics’ning 2016 yildagi operatsion daromadi 25,42 milliard dollarga yetib, yillik nisbatda 10,7 foizga ortdi.
Korporatsiyada operatsion daromadning ko‘payishini DRAM va NAND xotira mikrosxemalari, shuningdek, Galaxy S7 hamda S7 Edge smartfonlarining ko‘plab sotilishi bilan bog‘lashgan. Shu bilan bir qatorda, Galaxy Note 7 uskunasining ommaviy ravishda qaytarib olinishi tufayli kelgan zarar miqdori daromadga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi, ta'kidlanadi xabarda.