WikiLeaks Trampning soliq deklaratsiyasini chop etishga va'da berdi

Fan-texnika 08:48 / 23.01.2017 3293

WikiLeaks portali tvitterda AQSh prezidenti Donald Trampning soliq deklaratsiyasi elektron versiyasini yuborishni taklif qildi.

"Tramp maslahatchisi Kellienn Konuey Tramp o‘z soliq deklaratsiyasini ko‘rsatmasligini aytdi. Unda biz uni ko‘rsata olamiz", deyildi xabarda va hujjatlarni yuborish mumkin bo‘lgan manzil ko‘rsatildi.

WikiLeaks Trampni o‘zining moliyaviy holati haqidagi ma'lumotni oshkor qilishdan bosh tortayotgani uchun tanqid qildi.

Avvalroq Trampning soliq deklaratsiyasini chop etish talab qilingan petitsiya 100 mingdan ko‘proq imzo to‘plagani ma'lum qilingandi. Bu miqdor petitsiyaning Oq uy tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yetarlidir. 

Ko‘proq yangiliklar: