Tesla uzoqqa yuradigan Model S va Model X namunalarini taqdim etdi

Fan-texnika 19:55 / 23.01.2017 5001

Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi Model S va Model X avtomobillarining 100D deb nomlangan modifikatsiyalarini havola qildi. Electrek portalining yozishicha, ushbu to‘plamlarga doir ma'lumotlar kompaniya saytiga joylashtirilgan. Biroq, xabar yozilayotgan vaqtda ular yo‘q edi. 

Yangi Model S avvalgisiga qaraganda 30 km ko‘proq masofaga, ya'ni bir quvvatlanish bilan 539 kmga yeta oladi. Model X 100D krossoveri esa, qo‘shimcha quvvatlanishsiz 475 km (avvalgisdan 10 km ko‘proq)ni ortda qoldira oladi. 

Yangi Model S 4,2 soniyada soatiga 96 km tezlikka erisha oladi. Model S P100D bu tezlikka 2,5 soniyada erishadi.  Model X modelining yangi namunasining bu boradagi ko‘rsatkichi 4,8 soniyaga teng. Ularning eng yuqori tezligi ham soatiga 250 kmni tashkil etadi. 

Tesla Model S 100D narxi 95 ming dollarga baholangan bo‘lsa, Model X kamida 98,5 ming dollar turadi. 

Ko‘proq yangiliklar: