Dubay o‘t o‘chiruvchilariga suv reaktiv qurilmalari beriladi

Fan-texnika 11:02 / 23.01.2017 8562

Dubay hukumati o‘t o‘chirish xizmatlari uchun suvli reaktiv uchish qurilmalarini xarid qilish rejasi haqida ma'lum qildi. Bu ularga tirbandliklarda qolib ketmaslik va yong‘inni havoda turgan holda o‘chirish imkonini beradi. Bunda ular cheklanmagan suv zaxirasiga ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda ABC.

Qurilma quyidagicha ishlaydi. Qutqaruvchi har qanday inshootdan balandroqqa ko‘tarilish imkonini beruvchi reaktiv paketdan foydalanadi. Bunda uning yonida yetarli miqdorda suv bo‘lishi kifoya. Suv asosli qurilma yordamida o‘t o‘chiruvchi 30 metr balandlikkacha ko‘tarilishi mumkin. Xabar qilinishicha, Dolphin deb nomlangan mazkur o‘t o‘chirish tizimi yong‘inga qarshi kurashish maqsadida xarid qilinadi. 

Dubaydagi ko‘p qavatli osmono‘par binolarda yong‘in holatlarining uchrab turishi shunday choralar ko‘rishga sabab bo‘lmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: