Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Australian Open’da mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi

© ausopen.com. Endi Marrey
Jahonning birinchi raqamli tennischisi, britaniyalik Endi Marrey Avstraliyada o‘tayotgan ochiq chempionatning to‘rtinchi doirasida germaniyalik Misha Zverevga yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvda 5:7, 7:5, 2:6, 4:6 hisobi qayd etildi.
Asli Moskvadan bo‘lgan 29 yashar tennischi Misha Zverev ATR reytingida 50-pog‘onada bormoqda. U Endi Marrey bilan o‘tkazgan ushbu uchrashuvni 3 soatu 33 daqiqada yakunladi.
Endi Marrey ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Australian Open chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Mavzuga oid

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

20:38 / 28.01.2024
Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi

13:45 / 26.01.2024
Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi

19:32 / 30.01.2022