Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya xorijiy ishbilarmonlar va mutaxassislar uchun startap-vizalarni ishga tushirdi

Estoniya hukumati Yevropa Ittifoqidan tashqarida istiqomat qiluvchi ishbilarmonlar va mutaxassislarga startap-vizalar berish dasturini ishga tushirdi. Startup Estonia loyihasi doirasida Estoniya startap-hamjamiyati mamlakat ichki ishlar vazirligi ko‘magida rivojlantirilmoqda.
Startap-viza olishga Estoniyada o‘z shaxsiy loyihasini rivojlantirmoqchi bo‘lgan ishbilarmon da'vogarlik qilishi mumkin. Agarda uning Estoniyada kompaniyasi bo‘lsa, u doimiy yashash uchun huquq beruvchi ruxsatnomani olish bo‘yicha murojaat qilishi mumkin.
Startap-viza olish bo‘yicha murojaat mahalliy startap-hamjamiyati ishtirokchilaridan tashkil topgan maxsus Startap-qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tashkilot o‘z qarorini to‘qqiz ish kuni davomida qabul qiladi, shundan so‘ng murojaat yo‘lovchi shaxsga ijobiy javob olgan taqdirda maxsus kod beriladi. Uning yordamida Estoniyaning yaqin atrofda joylashgan elchixonasiga viza olish uchun hujjatlar topshirish mumkin.
Shuningdek, dasturdan Yevropa Ittifoqidan tashqarida yashovchi xorijiy mutaxassisni ishga olmoqchi bo‘lgan mahalliy startaplar ham foydalanishi mumkin. Buning uchun xorijlik xodimlarni imtiyozli shartlarda ishga jalb etish haqida murojaat yo‘llash kerak. U Startap-qo‘mita tomonidan qanoatlantirilsa, kompaniya xorijlik xodimlarni besh yilgacha ishga olish huquqini qo‘lga kiritadi.
Xorijlik xodim uzoq muddat hamkorlik davomida mamlakat hududida doimiy yashash uchun huquq beruvchi ruxsatnomani olishga hujjatlarini topshirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
-
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda
Jahon | 07:40
-
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 07:37
-
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

17:10 / 13.07.2025
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi

11:02 / 10.07.2025
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi

23:09 / 09.07.2025
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi

19:25 / 06.07.2025