OAV: Ispaniyada FQB so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi hibsga olindi

Fan-texnika 08:56 / 19.01.2017 4281

Ispaniya huquq-tartibot idoralari Interpol va AQSh Federal qidiruv byurosi so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi Stanislav Lisovni hibsga olishdi. Bu haqda RT telekanali dasturchining rafiqasiga tayangan holda xabar qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Lisov Taganrogda dasturchi bo‘lib ishlaydi, u saytlarni qo‘llab-quvvatlash va barpo qilish bilan shug‘ullanadi. Er-xotin Ispaniyaga dam olish uchun kelgan bo‘lgan. 

«Biz ijaraga olingan mashinani topshirib, Lionga uchish uchun Barselona aeroportiga kelganimizda, bizni to‘xtatishdi. Avtomobildan chiqqanimizda, ikki nafar politsiyachi kelib, erimni hibsga olishlarini aytishdi hamda telefon, planshet va noutbukni tekshira boshlashdi», — degan Darya Lisova.

Ispaniya politsiyasi Lisovni FQB va Interpol so‘rovi bilan qo‘lga olganini ma'lum qilgan. 

Lisovga hech qanday ayblov e'lon qilinmagan. Ayni vaqtda, rossiyalik dasturchi Kataloniyaning Brians qamoqxonasida saqlanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: