Video: Dronlar qanday uchadi?

Fan-texnika 21:28 / 18.01.2017 10598

Eyms tadqiqot markazi (NASA bo‘limi) mutaxassislari Kaliforniyada dron atrofidagi havo oqimi qanday taqsimlanishini o‘rganishdi. Modellashtirish ishlarini ular DJI Phantom 3 kvadrokopteri namunasida bajarishdi, videosini esa o‘zlarining YouTube-kanallarida namoyish qilishdi. 

Olimlar dron parvozini modellashtirayotib, havo oqimlarini taqsimlash tabiatini aniqlashdi. Ular xoch shaklidagi ramada joylashgan to‘rt vint orasida havo o‘ramlari paydo bo‘lishini aniqlashdi. Aynan shular dronning havoga ko‘tarilishini ta'minlaydi. 

Havo oqimlari taqsimlanishini namoyish qilish uchun olimlar 3D-model yaratishdi. Unda past bosim sohasi ko‘k rang bilan, yuqori bosim sohasi esa qizil rang bilan belgilangan. 

Mutaxassislar rotorlar sonini ikki barobar ko‘paytirilsa, dron tortishuvi ham ikki karra oshishini isbotlashdi. Bu unga yanada og‘ir predmetlarni (masalan, kameralar yoki boshqa yuklar) ko‘tarishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: