Airbus yil oxirida uchar taksilarni sinovdan o‘tkazadi

Fan-texnika 14:54 / 17.01.2017 10230

Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi joriy yil oxirida muqobil parvoz qiluvchi taksi prototiplarining sinovini o‘tkazishi mumkin. Kompaniyaning ushbu rejasi haqida Business Insider nashri Airbus rahbari Tom Endersga asoslangan holda yozmoqda. 

Yangi turdagi havo transport vositalarini ishlab chiqarish bilan korporatsiyaning o‘tgan yili asos solingan Urban Air Mobility sho‘'ba korxonasi shug‘ullanmoqda. Vahana deb nomlangan parvoz qiluvchi taksi loyihasi o‘tgan yilning oktabr oyida taqdim etilgan edi. Bir yo‘lovchi yoki har qanday yukni tashiy oladigan drondan iborat uchar mashina havodagi boshqa obektlarni mustaqil ravishda aniqlay oladi va ular bilan to‘qnashuvlardan qochadi. Shu bilan birga, muqobil parvoz uchun eng qulay yo‘nalishni o‘zi tanlaydi. 

Kompaniya kelgusida ko‘proq kishilarni tashiy oladigan parvoz qiluvchi taksilarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularga, shuningdek, tik uchish va qo‘nishga yordam beruvchi gorizontal parraklar ham o‘rnatiladi. 

Umuman, Toyota kompaniyasi va Google kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Peyj ham uchar taksilar ustida bosh qotirmoqda. Ayni kunda, eng mashhur uchar muqobil transport vositalari sifatida Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning Carplane, Amerikaning Terrafugia loyihalari hisoblanadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: