Shveytsariyada robotlar uchun maxsus soliq solish taklif qilinmoqda

Fan-texnika 12:21 / 16.01.2017 4151

Robotlar insonlarni ish o‘rinlaridan mahrum qila boshlagan ekan, "aqlli mashinalar" egalari, ular uchun soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi. Shveytsariya sun'iy aql laboratoriyasi direktori, professor Yurgen Shmidxuber shunday ishonch bildirmoqda. 

"Qachonlardir, robotlar hozirda odamlar ishlab chiqarayotgan narsalarni yasaydi. Ular, smartfonlarni yig‘adi va malina kabilarni teradi", - degan olim SonntagsBlick gazetasiga bergan intervyusida. Bunday sharoitda, insonlar iqtisodiyot uchun muhim rol o‘ynamaydigan "nafis kasblar" bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. U olim va jurnalistlik kasblarini ham ayni shu safga qo‘shgan. 

Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha fuqarolarga kafolatgan moddiy yordam – shartsiz asosiy daromad (ShAD)ni to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra, Shmidxuber ishlab chiqarish jaayonini robotlashtirish mehnatga munosabatni o‘zgartiradi hamda yangi soliq solish modeliga olib keladi. 

"Robot egalari, ishdan bo‘shagan jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun soliq to‘lashi kerak bo‘ladi", - deb uqdirgan professor. Bu tartibga rozilik bildirmaganlar, insonlarning mashinalarga qarshi isyoniga sabab bo‘ladi, deb ogohlantirgan olim. 

Ma'lumki, 2016 yil iyun oyi boshlarida Shveytsariya ShADni joriy qilish umummilliy referendumga qo‘yilgan edi. Bu tashabbusni saylovda ishtirok etganlarning 77 foizi rad etdi. Agar ushbu taklif ma'qullanganida, Alp konfederatsiyasining har bir katta yoshli fuqarosiga oyiga 2,5 ming frank (taxminan shuncha dollar) va yosh bola uchun 625 frank berish g‘oyasi amaliyotga tatbiq etilishi kerak bo‘lar edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: