Wilton Classic & Supercar tashkiloti Bugatti Veyron va Xorvatiyaning Rimac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan — 1088 ot kuchiga ega Concept One elektrokari o‘rtasida poyga uyushtirdi. Kuch sinashish Rimac bosh sinovchi-haydovchisi ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Odatdagi 402 metrlik (chorak mil) masofada Xorvatiya superkari, garchi finish chizig‘iga yaqinlashganda Veyron raqibi bilan deyarli tenglashgan bo‘lsa-da, Bugatti modelini ortda qoldirdi.
Soncept One 4 ta elektromotor bilan jihozlangan. U 1850 kglik vaznda joyidan soatiga 100 kilometr tezlikka 2,8 soniyada erishadi. Kontseptning eng yuqori tezligi soatiga 305 kmni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, Soncept One bilan oddiy modifikatsiyadagi, 1001 ot kuchiga ega, 8 litr hajmli W16 motori o‘rnatilgan Bugatti Veyron kuch sinashgan. U ilk yuzlikka 2,5 soniyada chiqadi, eng yuqori tezligi soatiga 407 kmni tashkil etadi.
Bundan avval, Xorvatiya elektr superkari Tesla Model S P90D xetchbeki va LaFerrari supergibridi bilan bo‘lgan poygalarda ham raqiblarini ortda qoldirgan edi. Rimac firmasi Concept One loyihasi bilan 2009 yildan shug‘ullanib keladi. Uning ilk kontsepti 2011 yilda namoyish qilingan edi.
Kompaniya 2016 yilda o‘tkazgan taqdimotida, ushbu superkardan, har biri 800 ming yevrodan bo‘lgan atigi sakkiz nusxa ishlab chiqarilishini ma'lum qilgan edi.