Parollarni saqlash uchun mo‘ljallangan dastur Keeper yaratuvchilari akkauntlarni himoyalash uchun qo‘llanadigan, eng ko‘p tarqalgan parollar ro‘yxatini chop etdi.
Mutaxassislar 10 mln akkaunt haqidagi ma'lumotlar bazasini tahlil qilib, eng ommaviy parollar ro‘yxatini tuzishdi. Ular "123456" paroli hali ham bu ro‘yxatning birinchi pog‘onasini egallayotganini aniqlashgan. Foydalanuvchilar bu "oson" paroldan voz kechishni istashmayapti.
Ro‘yxatda murakkab parollar ham bor, biroq ularni aniqlash uchun bir necha soniyagina kifoya qiladi. "18atcskd2w" yoki "3rjs1la7qe" kabi parollar katta qiziqish uyg‘otadi. Bu g‘alati parollarning ommabopligi ularni botlar ishlatishi bilan tushuntiriladi. Bunday parolli akkauntlar spam tarqatish uchun pochta xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tadilar.
Quyida 25 ta eng keng tarqalgan parollar ro‘yxati keltirilgan
Xo‘sh unda to‘g‘ri parolni qanday yaratish kerak? Quyida bu bo‘yicha maslahatlar berilgan.
1. Parol qanchalik uzun bo‘lsa, uning ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. 4-6 belgidan iborat parollar o‘rniga juda bo‘lmasa 8-12 simvolli parollardan foydalanish afzalroq, chunki bunday parolni buzib kirishga ancha soat, ba'zida esa kunlar ketadi.
2. Parollarni terayotganda raqamlar, bosh va kichik lotin harflaridan foydalaning.
3. Parolni yaratishda ism-familiyangizning bir qismi hamda tug‘ilgan kuningizni ishlatmang. Shuningdek, akkaunt ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda joriy yil va akkaunt ochilgan sanani ko‘rsatmaslik tavsiya qilinadi.
4. Iloji bo‘lgan joyda ikki bosqichli ro‘yxatdan o‘tishni yoqib qo‘ying.
5. Turli saytlar uchun turli parollar tanlang.