Amazon Mahatma Gandi tasviri tushirilgan oyoq kiyimlarni sotuvdan qaytarib oldi

Fan-texnika 08:32 / 16.01.2017 6547

Amerikaning Amazon kompaniyasi Hindiston jamoatchiligining keskin noroziligi tufayli Mahatma Gandi surati tushirilgan oyoq kiyimlarni sotuvdan qaytarib oldi, deb xabar qilmoqda BBC telekompaniyasi. 

Ta'kidlanishicha, Hindistonning AQShdagi elchixonasiga Amazon rahbariyatini «hindlarning hissiyotlarini hurmat qilish» bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Hindiston TIV rahbari Sushma Svaraj Twitter sahifasida, Amazon kompaniyasidan «haqoratlovchi mahsulotlar»ni katalogdan qaytarib olishni hamda «shartsiz uzr so‘rash»ni talab qilgan. Agar uning talablari bajarilmasa, Amazon kompaniyasi xodimlari uchun Hindiston vizalarini bekor qilish bilan tahdid qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: