Koreya respublikasi mamlakat uchun strategik ahamiyatga molik loyihalarga diqqat qaratmoqda. Bular sun'iy aql texnologiyalariga oiddir. "Meil kenjye" gazetasining yozishicha, mamlakat prezidenti v.b. va hukumat rahbari Xvan Gyo An ilmiy doiralar vakillari bilan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritgan.
"Hozirda dunyodagi bosh iqtisodiy trend – bu to‘rtinchi sanoat inqilobidir", - deb ta'kidlagan prezident vazifasini bajaruvchi.
Uning fikricha, Koreya respublikasi kelajakda iqtisodiy o‘sish lokomotivlari bo‘ladigan 10 sohaning jahondagi yetakchilaridan biri bo‘ladi va ularning negizida yangi xizmat va yo‘nalishlarni barpo etadi. Ularning orasiga "aqlli" avtomobillar, virtual reallik texnologiyalari, ko‘p vazifali internetga ulanuvchi jihozlar va boshqalar kiradi. Shunga ko‘ra, hukumat asosiy sa'y-harakatini mazkur sohalarda professional kadrlarni tayyorlashga qaratadi.
Gazetaning qayd etishicha, davlat uch hadli nashr, virtual va to‘ldirilgan reallik, sun'iy aql, beshinchi avlod aloqasi, buyumlar interneti, muqobil transport va boshqa istiqbolli yuqori texnologiyali yo‘nalishlarda ish olib borayotgan kompaniyalarga yordam beradi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat hukumati respublikaning avtomobil, aerokosmik va tibbiyot sanoatiga 3D-nashr texnologiyalarini tezroq joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Rejaga muvofiq, Janubiy Koreyada 2020 yilga kelib yuqori tezlikda 5G aloqa tarmog‘i to‘liq ishga tushiriladi.