Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi o‘z biznesi rivojlanishi sur'atlari sekinlashayotganiga qaramasdan, joriy yilda oladigan tushumini 14 mlrd dollardan ko‘proqqa oshirmoqchi.
Bloomberg axborot agentligining kompaniya bosh direktori Ley Tszyunga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, kompaniya 2017 yil yakunlariga ko‘ra 100 mlrd iyen (14,4 mlrd dollar) miqdorida savdo qilishni prognoz qilmoqda.
Kompaniya shuningdek Mi Home chakana do‘konlari miqdorini 4 marotaba (200 tagacha) oshirmoqchi, o‘zining dunyo bozorida mavjudligini kengaytirmoqchi va sun'iy ong va moliyaviy onlayn-xizmatlar sohasidagi tadqiqotlar bilan jiddiyroq shug‘ullanmoqchi.
"Yomon vaqtlar ortda qoldi", deb aytdi kompaniya rahbari va 2016 yilni kompaniyaning tiklanishi yili deb atadi. O‘tgan yili kompaniya Xitoyda smartfonlar sotuvchi beshta yirik sotuvchilar qatoridan chiqib ketgan, vaholanki 2015 yilni u 2-o‘rinda yakunlagandi.
Tszyunning aytishicha, kompaniyaning onlayn-biznesdagi tushumi 2016 yilda ikki barobarga ko‘paygan. Kompaniya sekin-asta internet-biznesdan voz kechib, ketma-ket do‘konlar ochmoqda. Kompaniya 3 yil ichida do‘konlari sonini mingtaga yetkazmoqchi. Kompaniya offlayn-biznesni rivojlantirmoqchi, chunki Xitoyda internet orqali 20 foizgina smartfonlar sotiladi.