"Moskva-Siti"dagi binoning 83-qavatidan odam tushib ketdi
"Moskva-Siti" biznes markazidagi "Oko" binosining 83-qavatidan odam tushib ketdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Halok bo‘lganning shaxsi va voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda", deb aytildi xabarda.
Politsiya matbuot xizmatida jasad aniqlangani tasdiqlandi hamda voqea joyida tergov-tezkor guruhi ishlayotgani aytildi.
Guvohlarning aytishicha, halok bo‘lgan odam yosh yigit bo‘lgan, u bino oldiga qo‘yilgan Mercedes-Benz Gelandewagen rusumidagi mashina ustiga tushgan.
Ma'lum qilinishicha, yigit binoning kuzatuv maydonchasidan yiqilib tushgan.
Mavzuga oid

21:21 / 23.08.2023
Moskvaga qatorasiga oltinchi kun dronlar hujum qildi - ulardan biri «Moskva-Siti»gacha yetib kelgan

10:31 / 18.08.2023
«Moskva-Siti» hududida bir oy ichida uchinchi dron quladi

12:05 / 26.11.2019
Yevropaning eng baland binosi qayerda joylashganini bilasizmi? «Moskva-Siti»dan Kun.uz fotoreportaji

07:41 / 15.09.2017