«Devordagi surat» dizayn shakllida ishlab chiqarilgan premium tasnifidagi OLED-televizorlari Dolby Vision, Dolby Atmos va Technicolor tomonidan taqdim etilgan Color Science Expertise texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi bilan uy kinoteatrida videomahsulotlarni tomosha qilish his-hayajonlarga boy bo‘lishini kafolatlaydi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasda tashkil etilgan CES-2017 ko‘rgazmasida hozirgi vaqtda o‘zining eng so‘nggi va eng yaxshi OLED-televizorlari hisoblanuvchi W tasnifidagi LG SIGNATURE televizorlarini namoyish etdi. U keng va yassi televizorlar yangi qatorining javohiriga aylandi. Umumiy hisobda, mazkur qatorga Dolby Vision™ va Dolby Atmos™ texnologiyalariga ega 10ta model kiritilgan bo‘lib, ularning eng yaxshisi sifatida 77 dyuymli LG SIGNATURE OLED-televizori tan olindi. Yangi «Devordagi surat» (Picture-on-Wall) dizayn shaklida ishlab chiqilgan mahsulot CES-2017 ko‘rgazmasining «Yaxshi innovatsiya» sovriniga munosib ko‘rilgan.
LG kompaniyasining yangi OLED-televizorlari qatori 77/65W7, 77/65G7, 65/55E7, 65/55C7 va 65/55B7 modellaridan tashkil topgan bo‘lib, ular 2017 yilda kompaniya barcha TV mahsulotlarining o‘ziga xos belgisiga aylangan ajoyib xususiyati — qora tusni yuqori sifatda aks ettirishi barobarida cheksiz kontrast va ranglarning kengaytirilgan jilosi bilan o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. LG kompaniyasining so‘nggi OLED-televizorlari tasvirning an'anaviy yuqori sifatini ta'minlaydi va iste'molchilarga televizorni uydagi yagona ko‘ngilochar markaziga aylantiruvchi qator ilg‘or funksiyalarni taklif etadi. LG’ning 2017 yildagi mahsulotlari qatorida o‘ta ingichka dizayndagi B7 va C7 modeli, «Shishadagi surat» (Picture-on-Glass) dizayn shaklidagi E7 va G7, hamda Picture-on-Wall dizaynidagi W7 modellari o‘rin olgan.
W7 seriyasidagi televizorlarning innovatsion dizayni LG firmasining «Kichik ko‘proq demakdir» qoidasini takrorlaydi, ya'ni ekranning jozibasiga e'tiborni qaratish uchun barcha ortiqcha narsalardan voz kechishni taklif etadi.
Chegaralarning bir maromda hamda panellar profilininig o‘ta ingichkaligi sababli W7 havoda suzayotgandek taassurot uyg‘otishi bilan tasvirlarning jonliligini kuchaytiradi. 65 dyuymli model OLED-panelining qalinligi 2,57 mmni tashkil etadi. Uni devorning o‘ziga bevosita magnitli tutqichlar vositasida o‘rnatish mumkin. Bunda televizor va devor o‘rtasida hech qanday bo‘shliq qolmaydi. Tepaga yo‘naltirilgan dinamiklar va Dolby Atmos texnologiyasi asosida eks etadigan sadolar tasvirlarning jonli effektini yakunlaydi. W7 seriyasidagi modellarning dizayni tomoshabinda televizorga emas, balki derazaga qarayotgandek hissiyot uyg‘otadi.
W7 seriyasidagi barcha OLED-televizorlar LG kompaniyasining inqilobiy mustaqil yoritish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu qora rangni hech qanday yoritishsiz ideal tarzda aks ettirish imkonini beradi. Shu bilan tasvirlar jilosining hadsizligi va milliardlab rang tuslari jozibasidan zavqlanishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, LG kompaniyasining 2017 yildagi barcha OLED-televizorlari zarurat paydo bo‘lganda tasvirlar yorqinligini kuchaytiradigan ULTRA Luminance texnologiyasiga ham egadir.
Butun dunyodagi yuqori texnologiyali Dolby kinoteatrlarida qo‘llaniladigan HDR (kengaytirilgan dinamik diapazon) texnologiyasi negizida hayotgan tatbiq etilgan Dolby Vision formati tasvirlarning o‘ta yorqinligi va kontrastligi sababli televizorni tomosha qilishdagi zavq-shavqni kuchaytiradi. Dolby Atmos texnologiyasi esa, tovushlarni keng tarqatishi tufayli, ekranda bo‘layotgan voqealar go‘yoki haqiqatda yuz berayotgandek hissiyot bag‘ishlaydi. Xona kengligi bo‘yicha bir xil taraluvchi kuchli va tebranuvchi tovushlar tomoshabinni to‘liq qurshab oladi. Ushbu texnologiya har bir tovushni kenglikning ma'lum bir hududiga yo‘naltirishi boy va ko‘ptarmoqli tovushni taratib, haqiqiy hayotdagi kabi tovushlar to‘plamiga doir ta'sirchan effektni barpo etadi.
Dunyoda Dolby Atmos texnologiyasiga mos keluvchi ilk OLED-modellari bo‘lgan LG televizorlari bir vaqtning o‘zida ajoyib tasvir va nafis tovushdan iborat videomahsulotni aks ettirishda yuqori sifatni ta'minlaydi. Bu esa, ularni har qanday oiladagi keng qamrovli ko‘ngilochar markazga aylantiradi. Bir qurilmada Dolby Vision va Dolby Atmos texnologiyalarining joylashtirilishi, butun dunyo bo‘ylab professional kinostudiyalar va yetakchi distribyutorlar tomonidan tan olingan kompleks yechimni anglatadi. Bugungi kunda, Dolby Vision formatida 80dan ortiq film suratga olingan, 100 ortiq kinokartina Dolby Atmos formatida tasvirga olingan bo‘lsa, yana 25ta film ikkala standartga mos keladi. Jahondagi OTT-provayderlari, hozirdanoq, Dolby Vision formatidagi 100dan ortiq original mahsulotlarni tomoshabin e'tiboriga havola etadi. 2017 yili foydalanuvchilar Dolby Vision formatidagi videomahsulotlarni Ultra HD Blu-Ray disklarida ham qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.
LG kompaniyasining 2017 yildagi barcha OLED-televizorlari, shu jumladan W7 Active HDR formatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu o‘z navbatida, asosiy suratning o‘ta yorqinligini va fondagi tasvirlarning aniqligini ta'minlaydigan yangi avlod HDR-videoni yuqori sifatda aks ettirish imkonini beradi. Active HDR televizorlari HDR-tasvirlarning har bir kadrini qayta ishlab, zarur bo‘lgan lavhalarning dinamikligini o‘zgartiradi. Shunga ko‘ra, tomoshabin HDR-mahsulot dinamik yoki statik axborotlarga egaligi yoki yo‘qligidan qat'inazar, har doim yorqin va sifatli kartinalarni ko‘ra oladi. Yangi OLED-televizorlarning barchasi HDR-formatlarining hamma shaklini, jumladan Dolby Vision, HDR10 va HLG (Hybrid Log Gamma) formatlariga mos keladi. Technicolor texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan Advanced HDR formatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday ko‘p tarmoqlilik HDR Effect formati bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u videokontentning har bir lavhasini standart o‘lchamda qayta ishlagani bois, kartinaning kontrastligi va tiniqligini kuchaytiradi.
LG kompaniyasining Smart TV mahsulotlari uchun webOS platformasini 3,5 versiyasigacha yangilashi sababli, tomoshabinlar internet orqali oliy tasnifdagi HDR-kontentni ko‘ra olishadi. Iste'molchilar eng yuqori darajada qulay bo‘lgan uy kinoteatrlarini tashkil eta olishlari uchun LG kompaniyasi raqamli mahsulotlarning yetakchi provayderlari bo‘lgan Amazon, Netflix va Vudu kabilar bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan. HDR-formatining LG OLED-televizorlaridagi imkoniyatlarini namoyon etish uchun kompaniyaning CES ko‘rgazmasidagi burchagida DIRECTV taqdim etgan HLG, Netflix havola qilgan Dolby Vision hamda Amazon Prime Video’dan HDR10 formatidagi videolarni namoyish etgan.
LG kompaniyasining yangi OLED-televizorlari Technicolor’ning tasvir va ranglarni professional aks ettiruvchi ilg‘or texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan. Ularda Hollivudning aksar videomahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanilgan. Bu tomoshabinga beqiyos «jonli» va haqiqiy kartinadan zavqlanish hamda mualliflarning badiiy g‘oyasini kam-ko‘stsiz, yuqori aniqlikda qabul qilish imkonini havola qiladi. Chunki, aynan OLED-texnologiyasi yuqori sifatli tasvirni jilolantira oladi, Technicolor esa LG bilan hamkorlikda kompaniyaning OLED-televizorlarini butun dunyoda ishlab chiqarish jarayonida, ularning imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqda.
«Dolby Vision va Dolby Atmos texnologiyalarining so‘nggi OLED-modellarimizda batamom uyg‘anlashtirilgani sababli, tomoshabinlar kino sehridan zavqlanib, sevimli kinofilmlarini mualliflar qanday tasavvur qilgan bo‘lsalar, o‘shanday original aniqlik va tiniqlikda ko‘ra olishadi, — deya ishonch bildiradi LG Home Entertainment prezidenti va bosh ijrochi direktori Brayan Kvon (Brian Kwon. — Ushbu haftada CES ko‘rgazmasida namoyishetajagimiz ajoyib yangi televizorlar, bizning innovatsiyalarga sodiqligimizni va OLED-texnologiyalar va oliy toifadagi televizorlar jahon bozorida yetakchi o‘rnimizni saqlab qolishga bo‘lgan urinishimizni isbotlaydi».
LG kompaniyasining so‘nggi avlod OLED-televizorlari, shu jumladan LG SIGNATURE W seriyasi CES-2017 ko‘rgazmasining Las Vegas Convention Center paviloni, markaziy zali, № 11100 stendida namoyish etildi.
###
LG Electronics kompaniyasi haqida
LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida