Uy roboti necha pulga baholanishi mumkin? Bosch kompaniyasi tomonidan yaratilgan Mayfield Robots startapi 699 dollar evaziga harakatlanuvchi Kuri robotini taklif etadi – 2016 yilgi flagman smartfonlar narxi bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu u qadar qimmat emas. Bu haqida heykuri.com saytida batafsil ma'lumot olish mumkin.
Smart-bolakay yo‘lidagi to‘siqlarni chetlab o‘tib, uy ichida mustaqil harakatlana oladi, musiqa qo‘yadi, xavfsizlikni nazorat qiladi, IFTTT’dan smart-qurilmalarni boshqaradi, uy egalarining yuzlari va harakatlarini taniy oladi. Robot ovozli buyruqlarni tushunadi, unga "Hey, Kuri" deyilsa, bas. U so‘zlar bilan javob bermaydi, albatta. Muloqot davomida tovushli va yorug‘lik signallari, shuningdek “so‘zlovchi ko‘zlar” qo‘llaniladi.
Obektlarni kuzatish va tanish uchun Full HD-kameradan foydalaniladi. iOS va Android qurilmalar dasturiy ta'minoti Kuri’ni ehtiyojlarga ko‘ra sozlash imkonini beradi. Masalan, tizim uyning kattalariga bolalar maktabdan kelgani yoki uydan chiqib ketgani haqida matnli xabar yo‘llay oladi.
Kuri akkumulyatorni qachon zaryadlash kerakligini mustaqil hal qiladi va dok-stansiyaga o‘zi boradi.
Bo‘yi - 60 santimetr, vazni - 14 kilogramm bo‘lgan robotga oldindan buyurtmalar tushmoqda. Kuri joriy yilning oxiriga yaqin sotuvda paydo bo‘ladi.