Assanj AQShga ekstraditsiya qilinishi uchun o‘z shartini ilgari surdi

Fan-texnika 08:07 / 13.01.2017 4176

Agar AQSh prezidenti Barak Obama WikiLeaks portali axborotchisi Chelsi Menning (avval — Bredli Menning)ni afv etsa, tashkilot asoschisi Julian Assanj Qo‘shma Shtatlarga ekstraditsiya qilinishiga rozilik bildiradi. Bu haqda WikiLeaks saytining Twitter sahifasida ma'lum qilingan. Menning Pentagonning maxfiy ma'lumotlarini oshkor qilgani uchun 35 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. 

«Agar Obama Menningga nisbatan insoniylik namoyon etsa, Assanj AQShga ekstraditsiya qilinishiga rozi bo‘ladi, garchi adliya vazirligi tomonidan unga nisbatan ochilgan ish qonunga zid bo‘lsa-da», — deb yozgan WikiLeaks.

Avvalroq, Barak Obama WikiLeaks axborotchisi Chelsi Menningni jazosi yumshatilishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritgan edi. 

2016 yil dekabrida esa, AQSh adliya vazirligi Menningning Barak Obamaga kechirim so‘rab murojaat qilganini tasdiqlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: