Yaponiyada yukni uchuvchisiz uchish apparati orqali uzoq masofaga yetkazib berish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi. Mamlakat shimoli-sharqidagi Xonsyu orolida joylashgan Fukusima prefekturasidagi poligonda dron soatiga 43 km tezlikda harakatlanib, shamol bo‘lishiga qaramasdan 12 km masofadagi punktga yukni yetkazgan.
Ushbu sinovni Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ekspertlari o‘tkazishgan.
Kyodo agentligining qayd etishicha, shu vaqtgacha dron orqali yuk 10 kilometrdan ortiq masofaga olib borilgani kuzatilmagandi.
Tajribada apparatga issiq sho‘rva solingan idish yuklangandi. Taom tezda sohilga yetkazilgan va u yerdagi syorfingchilar tomonidan iste'mol qilingan.