Maymunsimonlar guruhiga langur (maymunlarning bir turi) bolasiga o‘xshash robot kiritildi. Maymunlar dastlab yangi "qabiladoshlariga" shubha bilan munosabatda bo‘lishdi. Ayniqsa robotning turli ko‘zlari ularga shubhali ko‘ringan, chunki ulardan biriga kamera o‘rnatilgan edi.
Biroq langurlar robotga tezda ko‘nikib, u bilan boshqa qabiladoshlari kabi muloqot qila boshlashgan. Robot daraxt shohidan bexosdan tushib ketganda, bu langurlar uchun haqiqiy fojia bo‘ldi. Langurlar harakatsiz robotni o‘lik deb o‘ylab, chinakamiga o‘kina boshlashgan.