Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2017 yil bo‘yicha o‘sish prognozini berdi

Iqtisodiyot 08:37 / 11.01.2017 9864

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2017 yildagi real o‘sishi 7,4 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Jahon banki tomonidan taqdim etilgan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida aytiladi.

Jahon banki 2017 yilning 10 yanvar kuni «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan yilgi o‘sish ko‘rsatkichlarining past darajasidan so‘ng, 2017 yilda jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'ati biroz tezlashishi (2,7 foizgacha) aytiladi.

Bank ekspertlarining taxminiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish darajasi 2018 va 2019 yillarda 7,4 foiz atrofida saqlanib qoladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Jahon banki O‘zbekiston YaIMning 2017 yildagi o‘sish darajasiga oid prognozini iyun oyi prognozlari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga yaxshiladi.

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2016 yilda 7,3 foizga o‘sgan.

Ko‘proq yangiliklar: